ONA TILINI QANDAY O‘RGANMOQDASIZ?! - (hajviy ocherk)
ONA TILINI QANDAY O‘RGANMOQDASIZ?! - (hajviy ocherk)

Ona tilini o`rganish xususida ko`p paytlardan beri oilalarda qo`llanadigan ajoyib bir qoida meni hayron qoldirib kelgan. Bu ajoyib yo`riq yo qoida shundan iborat:

Oilalarda bolalarga til o`rgatishda birinchida umuman asl so`zlar aytib o`rgatilmaydi, balki so`zlarning ko`chma yo muhmali o`rgatiladi. Keyin, qarabsizki bolagina ulg`ayib, tili yaxshi chig`ib, o`tkir bo`lgandan sora asl so`zni ayta boshlaydi!

Birinchidan bolani oila a`zosining harbiri umuman asl oti bilan emas, o`zi qo`ygan laqab bilan xitob qiladi yo chaqiradi:

Ota “Toychog`im” desa; Ona “Qo`zicham” deb chaqiradi! Opasi “Do`ndig`im” desa; akasi ”pittim” deb chaqiradi! Hatto ayrimlar qo`pol shakilda ”Gurjicha” yo ”Sichqoncha”; … singari ot yo laqablarni ishlatadilar!

Eng qizig`i shuki, jajigina bola barcha shu otlar va hatto boshqa qarindoshlar ham erkalab chaqiradigan otlarga xuddi azaliy otidek biladi va javob beradi!

Yo badan a`zosi va boshqa narsalarning hechqachon asl so`zini ishlatilganini ko`rmaganman; misol uchun Sari-pul o`zbeklari tilida ishlatiladigan quyidagi ajoyib so`zlarga bir qarang:

- chachi: qo`l

- popo: oyoq

- mamma: ovqat, yemak

- o-pir!: o`rningdan tur!

- u-u`a!: o`rningdan tur!

- qix: iflos, yema!

- jiz: issiq, kuydiradi!

- buji, alabuji: qo`rqinchli narsalar, ayniqsa hasharot

- Alla: uxlamoq

- atti: urmoq

- pa: o`pich, bo`sa

- pa qilay: o`pay

- ti-ti: tovuq, qush

- ba-ba: it

- uffa: afgor

- chishsha: siymoq, siydik

- a`a: chichmoq

- Ammi qil!: ye, yegin!

- iy-iy: yig`lamoq….

Shunga o`xshash yuzlab ajoyibu -g`aroyib so`z bor.

Endi qarang, til o`rganishning bu ajoyib oqimi, muhmal va ma`nosi faqat bolalarga tushinarli bo`lgan turkum so`zlar asta-sekin o`rnini asl so`zlarga bo`shatib, bir payt qarabsizki, bolagina bulbuldek Ona tilidagi so`zlarning aslini ishlata boshlaydi! Bu oqim ko`p yillarni olmay, uch-to`rt yoshgacha davom etishi mumkin.

Aziz o`quvchilar, mabodo bu yo`riq yo qoida bolalargagina xos, deb o`ylamangiz, tag`in. Yo`q, katta yoshli tildoshlarimiz ham shu yo`riqdan mana shu hozir foidalanib yurganlariga nima deysiz? Mabodo ishonmasangiz, quyida men ayrim misollar bilan buni tushintiraman:

Bir o`zbek kishidan (yoshidan qatiy nazar) telifon nambaringizni ayting, deb so`rasangiz, u kishi o`zbekchada shunday deydi:

- Sifir haftsadu shast, bistu du, sezda, nuzda (0760221319)!

Yo: Siz qaysi yil tug`ilgansiz?

- Sezda pinjoga! (1350)

Mana shu so`zlarni bir o`zbek kishi ona tilida sizga aytadi. Ya`ni shu raqamalar o`zbekchada aytildi!!

Yoki so`rasangiz: Aka qayerda ishlaysiz?

U, o`zbekchada shunday javob beradi:

- Men riyosati maorifi Javzijonga ishlayman!

- Biror ijtimoiy-siyosiy faoliyyat ham qilasizmi?

- Ha, men uzve hizbi Junbishi milliy islomiyi afg`onistonman…

Mana shu iboratlar yo jumlalarning barchasi o`zbekcha!

Ishoning! Shunga o`xshash yuzlab ibora va jumlalarni televiziyun va rodyulardan olib, oddiy va o`qimishli o`zbeklar tilidan harkuni eshitasiz. Xuddi bolaga asl so`zni aytsangiz tushinmay yoki aytolmay qolgandek, kattalarga ham telefon nambarining asl o`zbekchasini (sifir yetti yuzu oltmish, yigirma ikki, o`nuch, o`nto`qquz) yo tug`ilgan yilini (o`nuch ellik) deb ayt, desangiz, aytolmaydi! Chunki Ona tilida hali bechoralarning tili chiqmagan-da!!

Endi bu masalada asl gap, o`zbek bolalari va yoshlari guruhi bilan o`zbek kattalari guruhi orasidagi ajoyib katta farqdadir. Qanday deysizmi?

Katta farq shuki, bolalar va yoshlar o`sish, ulg`ayish va o`rganish tomon olg`a intiladilar. Ularning miyasi xuddi hozirgi kompiyuter hofizasi singari harnarsani ”save/hifz” qilib olsalar ham, yangi narsa topilganda yo yanglish bo`lganda, hofizasidagi eski narsani darhol ”delete/yo`q” qilib, o`rniga yangisini joylashtirib qo`yoladilar va qo`yadilar ham!

Biroq kattalar-chi?

Ularning hofizalarida ”save” qilingan narsalar xuddi ”toshbitik”lardagi o`yib, qozib yozilgan yozuvlardekdir. Ular qattiq va qotib ketgan. Shu bois, ularning hofizasidagilarni o’chirish (delete qilish) juda qiyin va hatto nomumkin. Yoki ularga qo`l tegizish qandaydir muqaddas ziyoratning katibasi singari uvol va hatto such(gunoh) sanaladi!

Shu uchun, ularning harbiri o`z fikri va yo`nalishlariga oyoq tirab, o`zlari ma`qul topgan yo`l va yo`riqlarida yurg`alamoqdar…!! (Adog`)

Ushbu Muallifning Boshqa Maqolalari